Eron Islom Respublikasi Ekspertlar Assambleyasi Mojtaba Xomeneyni mamlakatning yangi Oliy Rahbari etib sayladi.
Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq Ekspertlar Assambleyasi a’zosi Husayn Ali Eshkevari Xomeneyning nomi Eron Oliy Rahbari sifatida qolishini ma’lum qilgan edi. Eshkevari yangi rahbar allaqachon saylanganini va uning nomi yaqin orada rasman e’lon qilinishini qo‘shimcha qildi.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Isroildagi nishonlarga hujum qilib, keng ko‘lamli javob operasiyasi boshlanganini e’lon qildi. Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Quvayt, BAA va Saudiya Arabistonidagi AQSh nishonlariga ham zarba berildi. 1 mart kuni Eron rasmiylari Oliy Rahbar Ali Xomeneyning o‘limini rasman tasdiqladi. Oyatulloh Ali Xomeney 28 fevral kuni AQSh va Isroilning qo‘shma hujumi natijasida o‘z qarorgohida o‘ldirilgan.