Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Eron dronlarni ishlab chiqarishni kuchaytirmoqda

Eron dronlarni ishlab chiqarishni kuchaytirmoqda

Eron xalqaro bozorda muhim “o‘yinchi” bo‘lish maqsadida Yaqin Sharqdan tashqaridagi davlatlarga ham uchuvchisiz samolyotlar sotishni kuchaytiradi.

Eron ommaviy axborot vositalari, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat endi o‘zining global ta’sirini kuchaytirishga va boshqa mamlakatlarga jangovar uchuvchisiz samolyotlarni sotishga intilmoqda, deb yozadi The New York Times.

Dronlar, Venesuela va Sudan kabi, so‘nggi yillarda turli sanksiyalar joriy etilgan davlatlarga sotiladi. Endi Rossiya ham ehtimoliy mijoz bo‘lishi mumkin.

AQShning habar berishicha, Moskva Ukrainadagi urush uchun arsenalini kuchaytirish uchun Erondan yuzlab uchuvchisiz uchoqlarni sotib olishni rejalashtirgan. AQSh rasmiylari Eronni Rossiyaga uchuvchisiz samolyotlarni sotmaslikka chaqirdi, aks holda ikki davlat uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Kiritildi: 07:53 01.08.2022. O'qildi: 2129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!