Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Buyuk Britaniya elchisini chaqirtirdi

Eron Buyuk Britaniya elchisini chaqirtirdi

Buyuk Britaniyaning Erondagi elchisi Xyugo Shorter Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Chaqiruvga Ferford (RAF Fairford) yaqinidagi voqea bo‘yicha Eronga qarshi ayblovlar sabab bo‘lgan.

"Britaniyaning yuqori lavozimli amaldorlarining Ferford (RAF Fairford)dagi voqeada Eronni ayblagan asossiz bayonotlariga javoban, Tehrondagi Britaniya elchisi Xyugo Shorter TIVga chaqirildi. Unga Londonning Eronga nisbatan mas’uliyatsiz yondashuviga Islom Respublikasining keskin noroziligi taqdim etildi", deyiladi bayonotda.

Eron Tashqi ishlar vazirligining G‘arbiy Yevropa departamenti bosh direktori Alireza Yusufi Londonning Tehronga qarshi ayblovlarini rad etdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi bir kun oldin bu masala bo‘yicha bayonot berdi.

Bundan tashqari, 12 oktyabr kuni Eronning Buyuk Britaniyadagi elchisi Seyid Ali Musaviy Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha davlat vaziri Stiven Dauti bilan uchrashuvda o‘z mamlakatining RAF Fairford yaqinidagi voqeaga aloqadorligini rasman va qat’iy ravishda rad etdi.

Kiritildi: 07:10 14.10.2026. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik