4 mart kuni Eronning “Dena” esminesi Hindistondan harbiy paraddan qaytib kelayotgan vaqtda Shri Lanka oroli yaqinida AQSh suv osti kemasi tomonidan hujum qilingan edi. Hujum oqibatida 84 dengizchi qurbon bo‘lgan 20 kishi bedarak yo‘qolgan edi.
Kecha Eronning bir necha shaharlarida dengizchilar so‘nggi manzilga kuzatildi.
Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon AQSh suv osti kemasi harbiy mojaro zonasidan minglab mil uzoqlikda, tinchlik missiyasini bajarib qaytib kelayotgan kemaga "qo‘rqoq va jirkanch hujum" uyushtirganini ta’kidladi.
Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi va Xatam al-Anbiya Markaziy qo‘mondonligi “Dena” esminesi begunoh shahidlari qoni uchun halokatli va vayronkor zarbalar bilan qasos olishini aytdi.