Bu haqda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Mohsen Rizoiy ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
"Boyitilgan yadroviy materiallarning birorta ham zarrasi Eronni tark etmaydi", — deb qayd etdi u.
Xavfsizlik kengashi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Vashington ishonchni tiklash bo‘yicha qadamlar tashlamaguncha, Tehron muzokaralar olib bormaydi.
"Jarayon Eronning barcha shartlari to‘liq bajarilishidan boshlanishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Rizoiy.
Eron Xavfsizlik kengashi kotibining ushbu bayonotlari Pokiston Bosh shtabi boshlig‘i Asim Munir bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng yangradi.