Eron armiyasi Bahrayndagi Shayx Iso aviabazasidagi AQSh harbiy inshootlariga zarbalar berganini e’lon qildi. Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bugun ertalab Eron Islom Respublikasi armiyasining hujumkor dronlari Bahrayndagi Shayx Iso aviabazasidagi dushman AQSh kuchlari joylashgan inshootlarga hujum qildi”, deyiladi agentlikning iqtibos keltirgan bayonotida. Bayonotda hujumlar AQShning sulhni buzganiga javoban amalga oshirilgani ta’kidlangan.
Avvalroq Bahraynda yana havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan edi. Qirollik Ichki ishlar vazirligi fuqarolari va aholisini “xotirjam bo‘lishga va eng yaqin xavfsiz joyga borishga” chaqirdi.