Dubay Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Oracle ma’lumotlar markaziga qilingan hujum haqidagi xabarlarini rad etdi.
Bu haqda BAA matbuot xizmati e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eronning Amerikaning Oracle kompaniyasiga tegishli ma’lumotlar markaziga hujum qilgani haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
"Eronning Oracle ma’lumotlar markazini nishonga olgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deyiladi bayonotda.
Avvalroq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) dengiz floti Dubaydagi Oracle ma’lumotlar markaziga va Bahrayndagi Amazon ob’ektlariga hujum qilganini da’vo qilgan edi.