Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) AQSh hujumlariga javoban Quvaytdagi Amerikaning HIMARS raketa tizimlariga dronlar bilan zarba berdi, deb yozmoqda Eronning Fars agentligi.
«Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) Quvaytdagi AQShning yerda bazalanuvchi HIMARS raketa tizimlariga uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) orqali zarba berdi. Ushbu operasiya davomida Eron yo‘nalishida o‘t ochishga shaylab qo‘yilgan raketa tizimlari va raketa kassetalari yo‘q qilindi», — deyiladi nashr xabarida.