Rossiya Eron va AQShga hozirda muhokama qilinayotgan yadroviy masala bo‘yicha ehtimoliy kelishuv tuzish masalasida konsensusga erishishda yordam berishga tayyor. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.
"Eronlik do‘stlarimiz muzokaralarning hozirgi bosqichi haqida qisqacha ma’lumot berishdi, ular barchani qoniqtiradigan kelishuvlarga erishishga umid qilishmoqda. Biz bunday kayfiyatni olqishladik va agar barcha tomonlar va muzokaralar ishtirokchilari rozi bo‘lsa, konsensusga erishishga yordam beradigan o‘z xizmatlarimizni taklif qilishga tayyorligimizni yana bir bor bildirdik", — dedi Tehronga tashrif buyurgan Rudenko.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Moskva Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralarning ijobiy yakunlanishiga va "har ikki tomonni qoniqtiradigan kelishuvlar tuzilishiga" umid qilayotganini ta’kidladi.