Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron AQSh bilan keskinlikni kamaytirish uchun yadro dasturini yopishga yoki to‘xtatishga tayyor

Eron AQSh bilan keskinlikni kamaytirish uchun yadro dasturini yopishga yoki to‘xtatishga tayyor

Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni Istanbulda AQSh prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff, Trampning kuyovi Jared Kushner, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, shuningdek, Turkiya, Qatar va Misr vakillari o‘rtasida vaziyatni yumshatish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilishi mumkin.

Nashrning xabar berishicha, Eron o‘z yadroviy dasturini to‘xtatish yoki yopishga tayyor, ammo o‘tgan yili AQSh tomonidan taklif qilingan mintaqaviy yadroviy konsorsium variantini afzal ko‘rmoqda.

"Eron yopiq muloqotlarda yadroviy dasturga jiddiy cheklovlar kiritishi mumkinligini bildirgan. Jumladan, boyitilgan uranni 2015 yilgi bitim modeli asosida Rossiyaga chiqarish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu harakatlar AQSh bilan taranglikni kamaytirishga qaratilgan", deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!