Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron 19 fuqaroni qo‘lga oldi. Ularning ko‘pi Isroilni qo‘llab-quvvatlagan

Eron 19 fuqaroni qo‘lga oldi. Ularning ko‘pi Isroilni qo‘llab-quvvatlagan

Isroilning Eron hududidagi ob’ektlarga uyushtirgan hujumlaridan so‘ng Eron xavfsizlik kuchlari 19 kishini qo‘lga oldi.

Ulardan dastlabki 14 nafari Xormuzgon viloyatida hibsga olingan. Eron kiberpolisiyasining bayonotiga ko‘ra, ushbu shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda “jamoatchilik fikrini buzish, yolg‘on xabarlar tarqatish va Isroilni qo‘llab-quvvatlash”da ayblanmoqda. Ularga 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Yana 5 kishi Yezd shahrida sanoat va harbiy ob’ektlarning fotosurat hamda videolarini olgani uchun hibsga olindi.

Shuningdek, Eron maxsus xizmatlari bir necha portlovchi dronlar bilan to‘ldirilgan avtomashinalarni aniqladi. Eron Razvedka vazirligi versiyasiga ko‘ra, bu avtomashinalar “Mossad” razvedkasi bilan aloqador josuslarga tegishli bo‘lgan va ushbu dronlar Eron hududida hujumlar uyushtirish uchun mo‘ljallangan edi.

Kiritildi: 16:20 14.06.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!