Bugun 23 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Erlarni 99 yilga ijaraga berish taklifi ilgari surildi

Erlarni 99 yilga ijaraga berish taklifi ilgari surildi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 5 oktyabr kuni g‘alla va paxta yetishtiruvchilarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bug‘doy va paxtaning davlat xarid narxlarini oshirish to‘g‘risida”gi farmoyishga imzo chekdi. 
Bundan tashqari, davlat rahbarning tasdiqlashicha, yuqori sifatli urug‘ yetishtirganlarga qo‘shimcha haq to‘lanishi qishloq xo‘jalik mehnatkashlarining manfaatlariga xizmat qiladi. 
Davlat rahbarining 25 sentyabr kuni Xalq Kengashi yig‘inidagi so‘zlariga qaraganda, mamlakatda ichki bozor va eksport uchun yetarlicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yetishtirilmasligiga kam samara beradigan fermer xo‘jaliklari asosiy sabab bo‘lmoqda.
Shu bois prezident g‘oyasiga ko‘ra, rentabel bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarining ekin maydonlari olib qo‘yiladi va yuqori samara beradigan ishlab chiqaruvchilarga beriladi. U shuningdek, xohlovchilarga yerlarni 99 yil ijaraga berish taklifini ilgari surdi. Prezident taklifiga ko‘ra, ekin maydonlarning 70 foizini paxta va g‘alla yetishtirishga taqsimlash ko‘zda tutilmoqda. Qolgan 30 foizi esa boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ajratiladi.
Ma’lumki, Turkmanistonda yer to‘laligicha davlat mulki hisoblanadi. Fermerlar davlatdan yerlarni ijaraga oladi. 

Manba: uza.uz

Kiritildi: 10:20 09.10.2018. O'qildi: 1620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!