Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Erkak xotinini deb o‘z joniga qasd qildi

Erkak xotinini deb o‘z joniga qasd qildi

Xitoylik erkak xotiniga jahl qilib beshinchi qavatdan sakradi. Bu orqali erkak bir yoshli o‘g‘li bilan band bo‘lgan ayolining e’tiborini tortishga qaror qilgan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

"Daryo"ning yozishicha, ayol turmush o‘rtog‘ini o‘zi yo‘qligida farzandiga yaxshi qaramayotganlikda ayblagan. Oqibatda erkak bunga chiday olmay, derazadan sakrab yuborgan.

U uchinchi qavatning balkoniga yiqilib tushib omon qolgan. Shundan so‘ng erkak biror bir suv havzasiga borib o‘zini cho‘ktirishi haqida ayolni ogohlantirgan.

Vahimaga tushgan ayol polisiyaga murojaat qilgan. U yaqin atrofdagi sayoz suv havzasidan xushsiz holda topilgan va erkakka birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli barqaror ekanligi aytilmoqda.

Erkak OAV vakillari bilan suhbatda ayoli unga kam e’tibor qaratayotganini bildirgan.

Kiritildi: 09:07 23.07.2019. O'qildi: 3152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!