Qo‘rg‘on viloyatida istiqomat qiluvchi erkak tish shifokoriga borgandan so‘ng vafot etdi. O‘limidan oldin unga qonning zaharlanishi tashxisi qo‘yildi, deya xabar beradi “URA.RU”.
Marhumning xotinining aytishicha, erining sog‘lig‘idagi muammolar tish shifokorining oldiga borib kelganidan so‘ng boshlangan. Ta’kidlanishicha, erkakning og‘rigan tishi tozalanganidan keyin o‘sha joyda shish kuzatilgan. Dori-darmonlar shish bilan kurashishda yordam bermagan. Bemor bo‘lsa boshqa kasalxonaga murojaat qilgan. U yerda tishdagi yarani to‘plangan yiringdan tozalashgan. Davolash sifatida bemorga ukollar kursini tavsiya etishgan va uyiga jo‘natib yuborishgan.
Xotinining eslashicha, davolanishdan so‘ng eri alahsiray boshlagan va ayol “Tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘lgan. Shifoxonada bemorda qon zaharlanishi aniqlanadi va intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkaziladi, ammo harakatlar samarasiz yakun topadi. Erkak vafot etadi.
Voqea sodir bo‘lganidan keyin marhumning rafiqasi polisiyaga murojaat qiladi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.