Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Erdo‘g‘on xalqaro savdoda dollar ustunligiga chek qo‘yishga chaqirdi

Erdo‘g‘on xalqaro savdoda dollar ustunligiga chek qo‘yishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Bishkekda bo‘lib o‘tgan Turkiya-Qirg‘iziston biznes-forumida ishtirok etib, o‘z nutqida xalqaro savdoda dollarning ustunligiga chek qo‘yishga chaqirdi.

«Xalqaro savdoda milliy valyutalardan foydalanib, dollarning ustunligiga chek qo‘yish zarur», - dedi Erdo‘g‘an.

Uning fikricha, go‘yoki savdoni osonlashtirish uchun yaratilgan dollarga bog‘langan tizim bugunga kelib eng katta muammoga aylangan. «Savdo urushlari va proteksionizm ko‘p jabhalarda yangi strategiyalarni qo‘llashga majbur qiladi. Valyuta kurslarini manipulyasiya qilishdan maqsad kuchli va sog‘lom turk iqtisodiyoti borasida ikkilanishga majbur qilishdir», - ta’kidlagan prezident.

«Maqsad - Turkiya iqtisodiyotiga zarba berish. Ammo hukumat tomonidan amalga oshirilgan choralar va turk xalqining qat’iy pozisiyasi sabab bu urinish natida bermadi»,- deya qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘on.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytda Vashington va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarida keskinlik kuzatilmoqda. Xususan, bunga amerikalik ruhoniy Endryu Bransonning Turkiyada uy qamog‘ida saqlanayotgani ham sabab bo‘ldi.

Avvalroq, Erdo‘g‘on barcha Amerika texnik qurilmalaridan voz kechishga chaqirgan edi.

Kuni kecha Tramp ham o‘z intervyusida Erdo‘g‘ondan xafsalasi pir bo‘lganini aytgan edi.

Kiritildi: 12:47 03.09.2018. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!