Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Erdo‘g‘on: "Turkiyadagi terrorchilar qurollarini tashlashlari yoki ular bilan birga dafn etilishi kerak"

A A A
Erdo‘g‘on: "Turkiyadagi terrorchilar qurollarini tashlashlari yoki ular bilan birga dafn etilishi kerak"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on terrorchilar va bo‘lginchilarning qurollarini topshirishdan yoki o‘lishdan boshqa chorasi yo‘qligini aytdi.

Bu haqda Erdo‘g‘on Turkiya shimolidagi Samsun shahrida chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.

"Imperialistlarning malaylari sifatida bizning mintaqamizda terrorchilarning rejalar tuzayotganiga endi toqatimiz yo‘q, bu bo‘lginchi qotillar zudlik bilan qurollarini yerga ko‘mib tashlaydilar yoki ular bilan birga ko‘miladi”, dedi Erdog‘an.

U qurol-yarog‘, zo‘ravonlik va terror davri tugaganiga, "bo‘lginchi terror tashkiloti (Kurdiston Ishchi partiyasi) o‘z xizmat muddatini tugatganiga" e’tibor qaratdi.

Turkiya rahbari bu haqiqatni hamma allaqachon qabul qilishi kerakligini ta’kidladi.

"Mintaqamizda endi terrorga o‘rin yo‘qligini ta’kidlayman birodarlik va o‘zaro hurmat asosida bo‘lginchilar nizo sepgan hududlarni tiklaymiz”, — dedi Erdo‘g‘an.

Kiritildi: 23:13 04.01.2025. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!