Turkiyada joriy yil 24 iyun kuni muddatidan avval Parlament va Prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada o‘zi rahbarlik qilayotgan Adolat va rivojlanish partiyasining saylovoldi dasturini e’lon qildi.
Prezident o‘z boshqaruvidagi Adolat va rivojlanish partiyasi Parlament saylovida, o‘zi esa Prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, Erdo‘g‘an mamlakatning mintaqaviy siyosatiga ham to‘xtalib o‘tdi.
U Turkiya kelajakda xalqaro tuzilmalar, xususan, Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni rivojlantirib borishiga ishontirdi.
“Maqsadimiz – Turkiyani yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga qo‘shish”, deydi Erdo‘g‘an.
Shuningdek, prezident rasmiy Anqara Falastin xalqi ozod va mustaqil vataniga ega bo‘lmagunicha uni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriyadagi harbiy harakatlarni u yerdagi barcha terrorchilar yo‘q qilmaguncha davom ettiradi.