Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

Erdo‘g‘an sog‘liqni saqlash va shaharsozlik vazirlarini almashtirdi

Erdo‘g‘an sog‘liqni saqlash va shaharsozlik vazirlarini almashtirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ikki vazirni almashtirdi.

Davlat rahbarining tegishli farmoni «Resmi Gazete» hukumat gazetasida e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Fahrettin Koja o‘rniga Kemal Memishog‘lu mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari etib tayinlangan. Mehmet O‘zhaseki o‘rniga 2018 yildan 2023 yilgacha ushbu lavozimni egallab kelgan Murat Kurum Turkiyaning Atrof-muhit va shaharsozlik vaziri bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Koja va O‘zhaseki avvalroq prezidentga o‘z iste’folarini taqdim etgan edi. O‘zhaseki qaroriga sog‘lig‘idagi muammolar sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 11:11 02.07.2024. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!