Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Erdo‘g‘an fransuzlarni dahshatli qotilliklarda aybladi

A A A
Erdo‘g‘an fransuzlarni dahshatli qotilliklarda aybladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Fransiyada 24 aprelning Armanlar genosidini xotirlash kuni sifatida o‘tkazilganini tanqid qildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.

Erdog‘an Fransiyani Ruanda va Jazoirda qatliom va genosid o‘tkazishda aybladi.

Armanlar masalasi va terrorga qarshi kurash bo‘yicha Turkiyaga inson huquqlari va demokratiya darsini berishga urinayotganlarning barining o‘tmishi qonli , dedi Turkiya rahbari. Yigirma besh yil avval Ruandada 800 ming kishini kimlar qirgani ma’lum va buning aybdori fransuzlardir. Jazoirda yuz minglab kishini qirganlar ham fransuzlar .

Armanlar 1915 yilda Turkiyada genosid o‘tkazilganini iddao qilib keladi, biroq Turkiya buni rad etadi. Shu sababi Turkiya va Armaniston o‘rtasida diplomatlik munosabatlar mavjud emas.

Kiritildi: 15:51 25.04.2019. O'qildi: 2021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik