Turkiya Prezidenti Administrasiyasi Kommunikasiyalar direktori Faxrettin Altunning Prezident Erdog‘anning sog‘lig‘i haqida bayonot berdi.
U Erdog‘anning sog‘lig‘i bilan bog‘liq «asossiz da’volar»ni qat’iyan rad etdi va Prezident ertaga videokonferensiya orqali bo‘lib o‘tadigan atom elektr stansiyasi ochilishiga qatnashishini bildirdi.
Kommunikasiyalar direktori Altun Prezident Erdog‘anning sog‘lig‘i bilan bog‘liq ba’zi sahifalardagi ayblovlarning skrinshotlarini o‘zining ijtimoiy media hisobi orqali baham ko‘rdi va «Prezidentimiz janoblarining sog‘lig‘i haqidagi bu asossiz da’volarni qat’iyan rad etamiz» deya ta’kidladi.
«Qanchalik yolg‘on xabarlar tarqatishmasin, turk millati o‘z yetakchisi yonida ekanini, 14 may saylovlarida Prezident Erdog‘an va AK partiyaning g‘alaba qozonishi haqiqatini o‘zgartira olmaydilar», dedi u.