Turkiya Prezidenti Erdog‘an Ukraina Prezidenti Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident Rajab Toyyib Erdog‘anning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqotida Rossiyaning Ukrainaga hujumi va so‘nggi voqealar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida Prezident Erdog‘an, Rossiya hujumi sababli hayotdan ko‘z yumgan Ukraina fuqarolariga hamdardlik bildirdi, yaradorlarga esa tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
Prezident Erdog‘an, yana insonlar halok bo‘lishining oldini olish va Ukrainaga zarar yetkazmaslik uchun imkon qadar tezroq o‘q otishni to‘xtatish sulhi e’lon qilinishi uchun harakat qilayotganliklarini bildirdi.
Nizomjon Islomov tayyorladi.