Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bugun bir kunlik tashrif bilan Lvovga boradi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish hamda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi. Bu haqda “Anadolu” agenligi xabar qildi.
Uchrashuvda Ukraina dengiz portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvning bajarilishi va ushbu mamlakatdagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Xususan, inqirozni diplomatik yo‘l bilan hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Zelenskiy bilan ikki tomonlama uchrashuv doirasida Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi strategik xususiyatga ega munosabatni har tomonlama tahlil etish muhokama mavzusi bo‘ladi”, deyiladi xabarda.