Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Erdog‘an shart qo‘ydi

A A A
Erdog‘an shart qo‘ydi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an agar AQSh Anqaraga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishni ma’qullasa, Turkiya Shvesiyaning Shimoliy Atlantika alyansidagi a’zoligini ratifikasiya qilishini aytdi.

“Agar AQSh va’dalarini bajarsa, parlamentimiz ham o‘z va’dasini bajaradi. Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lishi bo‘yicha yakuniy so‘zni Turkiya parlamenti aytadi”, — dedi Erdog‘an.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken o‘tgan hafta Nyu-Yorkda Shvesiyaning NATOga a’zolik arizasini muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Anqara 2021 yil oktyabr oyida F-16 qiruvchi samolyotlari va ularni modernizasiya qilish uchun to‘plamlarni so‘ragan edi. Olti milliard dollarlik potensial kelishuv 40 ta qiruvchi samolyotni, shuningdek, 79 ta jangovar samolyot uchun yangilash to‘plamlarini sotishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 11:04 27.09.2023. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!