Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Erdog‘an Putin va Zelenskiyni Turkiyada yarashtirmoqchi

A A A
Erdog‘an Putin va Zelenskiyni Turkiyada yarashtirmoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putindan ijobiy javob bo‘lsa, Anqara yoki Istanbulda Rossiya, Ukraina va Turkiya rahbarlari ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ma’lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

«Agar Putin bu masalaga ijobiy yondashsa, biz Istanbul yoki Anqarada (Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan birga) uchrashamiz deb umid qilaman. Ayni paytda, men u bilan telefon suhbatlari chog‘ida uning bunga qanday qarashini bilmoqchiman. Shunga ko‘ra, biz harakat qilamiz. Chunki mintaqada haqiqiy urush yomon belgidir», - deydi u.

Yanvar oyi oxirida Erdog‘an Rossiya va Ukraina rahbarlarining yuzma-yuz uchrashuvini tashkil etishni taklif qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tomoni Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush muhiti shakllanganidan norozi.

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Kiritildi: 17:25 16.02.2022. O'qildi: 4043 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik