Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Erdog‘an Eronda Putin bilan uchrashadi

A A A
Erdog‘an Eronda Putin bilan uchrashadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Eronga tashrifi doirasida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda Turkiya yetakchisi ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Erdog‘an sammit doirasida Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.

18-19 iyul kunlari Tehronda Eron rahbari Seyyid Ibrohim Raisiy va Rossiya Prezidenti ishtirokida Ostona formatidagi yettinchi uch tomonlama sammit o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibidan terrorchi guruhlar, xususan, mintaqa xavfsizligiga tahdid solayotgan guruhlarga qarshi kurash, mintaqadagi vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan sa’y-harakatlar va u yerdagi gumanitar vaziyat o‘rin olgan.

Kiritildi: 16:45 18.07.2022. O'qildi: 3482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik