Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Er usti metro liniyalari ostidagi yerlarda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Er usti metro liniyalari ostidagi yerlarda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro liniyalari ostida joylashgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro liniyalari ostida joylashgan yer maydonlaridan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.

Bu, o‘z navbatida yer usti metro liniyasiga yaqin hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Ayni paytda uzunligi 11,2 kilometr bo‘lgan “Do‘stlik – Quyluq” va 6,9 kilometr bo‘lgan “Sergeli – Olmazor” yo‘nalishlari bo‘yicha yer usti metro liniyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Uzunligi 8,5 kilometr bo‘lgan “Quyluq – Quruvchilar” yo‘nalishida esa qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Qarorga muvofiq, Toshkent metropolitenining “Do‘stlik – Quyluq” yer usti metro yo‘nalishi 1 – 5 bekatlari oralig‘idagi yer maydonlarida piyodalar va velosiped yo‘laklari, avtoturargohlar, aholi sayr qilishi uchun sayilgohlar, bolalar va sport maydonchalarin tashkil etiladi. Ushbu hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Toshkent metropolitenining yer usti metro yo‘nalishlari ostida joylashgan Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUKka doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilgan holda ularning yer usti metro yo‘nalishlari faoliyatiga ta’sir qilmaydigan qismi (metro ustunlari va ustunning ikki metr radiusidan tashqari qismi) Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi.

Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga olingan yer maydonlari shahar arxitektura qiyofasini saqlagan holda fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun “E-Auksion” elektron savdo platformasi orqali 5 yil muddatga ijara huquqi bilan, istisno tariqasida, 12 oyda teng ulushlarda bo‘lib to‘lash sharti bilan savdoga chiqariladi.

Auksion savdolari orqali olingan yer uchastkalarida savdo va xizmat ko‘rsatish, tayyor holdagi ovqatlanish mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari, kitob do‘konlari, shuningdek, avtgoturargohlar hamda madaniy hordiq chiqarish va sport maskanlarini barpo etishga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 10:42 02.06.2022. O'qildi: 3134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!