Polsha bosh vaziri Donald Tusk Epshteyn fayllarida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga bevosita aloqador 1 mingdan ortiq hujjat, Moskva bilan bog‘liq esa 9 mingta hujjat borligini aytgan. Uning aytishicha, FQB Epshteyn Putin boyligining bir qismini boshqargani haqida ma’lumotga ega.
“Epshteyn barcha hujjatlarini arxivlagan. G‘arbning nufuzli yetakchilarini – Prezidentlar, Bosh vazirlar va dunyodagi eng yirik kompaniyalar rahbarlarini tasvirga tushirgan. Ekspertlar bu Rossiya KGBsi tomonidan oldindan rejalashtirilgan operasiya, ya’ni “asal tuzog‘i” (honey trap), shirin o‘lja – asosan AQSh boshchiligidagi G‘arb elitalari uchun qo‘yilgan tuzoq bo‘lish ehtimoli juda yuqori, degan fikrga kelmoqda”, degan Tusk.