Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Eng qimmat mashina necha pul? 2018 yilda O‘zbekistonda qaysi avtomashinalarga talab yuqori bo‘ldi? (infografika)

Eng qimmat mashina necha pul? 2018 yilda O‘zbekistonda qaysi avtomashinalarga talab yuqori bo‘ldi? (infografika)

OLX Avto xizmati o‘z bazasidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, 2018 yilning iyul oyidan dekabr oyigacha O‘zbekiston ikkilamchi bozorida ko‘proq qaysi avtomobillar xarid qilinganini aniqladi, deb yozmoqda Xabar.uz.

OLX e’lonlar xizmati Xabar.uz ga ma’lumot berishicha, O‘zbekiston ikkilamchi bozorida Nexia mashinasiga talab eng yuqori ekan. Ikkinchi o‘rinda Spark , uchinchi o‘rinda Lacetti .

Chevrolet turkumidagi mashinalar barcha xaridlarning 60 foizini tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda LADA ( VAZ ) 14 foiz, uchinchi Daewoo (10 foiz).

Hozirgi kunda OLX Yengil avtomashinalar bo‘limida 17 700 dan ortiq e’lon bor.

Sotuvga qo‘yilgan eng qimmat mashina narxi 405 ming u. ye. bo‘lgan yangi Lamborghini Urus I .

O‘zbekiston ikkilamchi bozoridagi eng ommalashgan mashinalar bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin

Foto: OLX

Foto: OLX

Kiritildi: 16:16 30.01.2019. O'qildi: 10856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!