Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Eng ko‘p tanlov o‘tkazgan vazirlik va idoralar ro‘yxati e’lon qilindi

A A A
Eng ko‘p tanlov o‘tkazgan vazirlik va idoralar ro‘yxati e’lon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, agentlik tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, portalga 78 ta davlat organi va tashkiloti, 208 ta tuman (shahar) hokimligi ulangan bo‘lib, ular tomonidan mavjud vakant lavozimlar uchun 140 mingdan ortiq tanlov e’lon qilingan.

TOP-10 talikka kirgan vazirlik va idoralardan Yoshlar ishlari agentligi 16 152 ta, Davlat soliq qo‘mitasi 12 369 ta, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 11 877 ta, Moliya vazirligi 9 573 ta, Xalq ta’limi vazirligi 7 100 ta, Qishloq xo‘jaligi vazirligi 5 857 ta, Maktabgacha ta’lim vazirligi 5 542 ta, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2 862 ta, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2 568 ta hamda Davlat statistika qo‘mitasi 2 506 ta tanlov o‘tkazgan.

Kiritildi: 17:15 28.12.2022. O'qildi: 1994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!