Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Eng ko‘p bitiruvchisi ochiq tanlov asosida davlat xizmatiga qabul qilingan OTMlarning TOP-20 taligi e’lon qilindi

A A A
Eng ko‘p bitiruvchisi ochiq tanlov asosida davlat xizmatiga qabul qilingan OTMlarning TOP-20 taligi e’lon qilindi

Bugungi kunga qadar vakant lavozimlar yagona ochiq portali orqali 45 mingga yaqin fuqaro ochiq tanlov asosida davlat xizmatiga qabul qilingan. Ishga qabul qilinganlarning 18 272 nafari (43%) 150 ta oliy ta’lim muassasasining oxirgi 5 yillik bitiruvchilari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

▪️Tahlillarga ko‘ra:

Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Samarqand veterinariya medisinasi instituti, Urganch davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Termiz davlat universiteti, Guliston davlat universiteti hamda Toshkent davlat agrar universitetining eng ko‘p bitiruvchisi ochiq tanlov asosida ishga qabul qilingan.

❗️Shuningdek, o‘tkazilgan tanlovlarning test sinovi bosqichida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan 73 997 nafar nomzodning 31 777 nafari (43 %) OTMlarni oxirgi 5 yilda tamomlagan bitiruvchilar ekanligi ma’lum qilingan.

Kiritildi: 14:48 16.12.2022. O'qildi: 2415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!