Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

“Eng innovasion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi

“Eng innovasion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (463-son, 04.09.2026 y.) bilan “Eng innovasion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovasion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.

⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentyabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi.

🤑 Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi.

✅ Respublika bosqichi Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.

🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10 sentyabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlangani to‘g‘risida e’lon beradi.

🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10 oktyabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovasion g‘oya bilan ishtirok etadi.

⭐ Tanlovnda innovasion g‘oyalar saralash va tanlov komissiya a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi:

➖ innovasion g‘oyaning ilmiy va innovasion yangiligi – 20 ballgacha;
➖ innovasion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha;
➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha;
➖ xarajatlar smetasining asoslangani – 20 ballgacha;
➖ innovasion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha.

💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi:

▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m;
▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m;
▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m.

✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovasion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi:

▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m;
▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m

Kiritildi: Bugun 12:04. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!