Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Eng foydali meva ma’lum qilindi

Eng foydali meva ma’lum qilindi

Mutaxassislar o‘rikni eng foydali meva deb atashdi. O‘rikni har kuni iste’mol qilish ko‘plab xastaliklarning rivojlanishini oldini oladi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar qildi.

Shifokorlarning qayd etishicha, o‘rik yurak-qon tomir tizimi yoki buyrak kasalliklaridan aziyat chekuvchi kishilar uchun juda foydali hisoblanadi.

Shuningdek, bu meva homilador ayollar uchun ham foydali.

Xabarda o‘rik kam kaloriyali mahsulot ekani, biroq shunga qaramasdan uning tarkibida xolesterinni pasaytirib, butun organizmning hayotiy faolligini oshiradigan foydali moddalar mavjudligi qayd etilgan.

Qolaversa, o‘rik organizmdan toksin va shlaklarni chiqarib tashlash xususiyatiga ega. Diyetologlar ortiqcha vaznga qarshi kurashishda o‘rikning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlashgan.

 

Kiritildi: 18:12 08.08.2019. O'qildi: 3808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!