Evropa Ittifoqi rahbariyati energiya resurslari narxi oshgani sabab Yevropa davlatlarini gaz iste’molini qisqartirishga chaqirdi.
Reuters xabar berishicha, bu haqda YEIning energetika bo‘yicha komissari Dan Yorgensen tegishli idoralar rahbarlariga yo‘llagan maktubida ma’lum qilgan.
"Sizlarni gaz zaxiralarini to‘ldirishga yordam beradigan yoki zarurat darajasida gaz va elektr energiyasi iste’molini kamaytiradigan choralarni qabul qilish yoki ularning amal qilish muddatini uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqiraman", — deyiladi hujjatda.