Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Energetika sohasiga doir Hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Energetika sohasiga doir Hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Joriy yil 26 iyunda “Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Mazkur qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari taqsimlash elektr tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini o‘rnatish orqali elektr energiyasi va boshqa yordamchi xizmatlarning raqobatli bozorlarida faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Ushbu qoidalar elektr energiyasini yetkazib berish, taqsimlash va iste’mol qilishda umumiy taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanishni soddalashtirish hamda barcha ishtirokchilarga teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qoidalar taqsimlash tizimi operatori, yetkazib beruvchilar, elektr energetika sohasidagi nazorat organi, iste’molchilar hamda loyihalash, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari va boshqa barcha foydalanuvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan bajarish uchun majburiy hisoblanadi.

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, qaror loyihasi bo‘yicha muhokamalar O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali “Regulation.gov.uz”da 11 iyulgacha davom etadi.

Kiritildi: 13:28 29.06.2024. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!