Avvalroq, Oliy Majlis Senatida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullangani haqida
xabar bergan edik.
Qonun bilan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 221-moddasi energetik ichimliklar reklamasi bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra,
- 7:00 dan soat 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;
- reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan, sotish taqiqlanadi.
Manba: qalampir.com