Endi O‘zbekistonda yangi ish o‘rni yaratganlar rag‘batlantiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat muassasalari shaklida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda – hududiy jamg‘armalar) tashkil etiladi.
Quyidagilar hududiy jamg‘armalar mablag‘larini shakllantiruvchi manbalar etib belgilandi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan har oyda tushadigan 40 foizgacha bo‘lgan miqdordagi daromadlar;
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari hamda beg‘araz yordami;
xayriya qiluvchilar – jismoniy va yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Manba: qalampir.com