12 dekabrdan boshlab DMED elektron resept tizimi ishga tushiriladi. Barcha resept bo‘yicha beriladigan dori-darmonlar faqat raqamli resept asosida beriladi.
Faqat resept bo‘yicha beriladigan dorilar: • antibiotiklar
• gormonal preparatlar
• psixotrop vositalar
• «resept bo‘yicha» deb ko‘rsatilgan istalgan dori
Elektron resept qanday ishlaydi:
Shifokor DMED orqali resept yozadi, bemor esa ID yoki QR-kod bilan dorixonadan dori oladi.
⚠️Reseptni soxtalashtirib bo‘lmaydi — shifokor, klinika va dorixona ma’lumotlari avtomatik tarzda qayd etiladi.
Bu nima uchun joriy etilmoqda: • dori tayinlashni nazorat qilish
• antibiotiklarni ko‘rsatmasiz sotilishining oldini olish
• xalqaro tibbiy standartlarga moslash
Reseptsiz qoladiganlar: • faqat ko‘rsatmasi «reseptsiz» deb belgilangan preparatlar
(Cog‘liqni saqlash vazirligi yagona ro‘yxatni keyin e’lon qiladi)