Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Endi uylarni “rassrochka”ga olib bo‘lmaydimi?

Endi uylarni “rassrochka”ga olib bo‘lmaydimi?


📖 Ijtimoiy tarmoqlarda shunday talqinlar ko‘paymoqda.

📄 Prezidentning 2026 yil 14 avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027 yil 1 yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

🔘 Operator kim? Muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar muddatli to‘lov operatorlari hisoblanadi.

📌 Qarorning 3-bandi “d” kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining ob’ekti bo‘la olmaydi. Ya’ni vositachi-operator sizga uyni “rassrochka”ga olib bera olmaydi.

⛔️ Ammo bu quruvchi o‘zi qurgan uyni xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sota olmaydi, degani emas.

🔎 Chunki qarorning 3-bandi “a” kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

✅ Demak, siz avvalgidek quruvchining o‘zidan uy-joyni “rassrochka”ga olishingiz mumkin. Qaror quruvchi va xaridor o‘rtasidagi bevosita savdoni taqiqlamaydi.

📜 Endilikda operatorlar maxsus reestrga kiritiladi, Markaziy bank nazoratida ishlaydi, ularning shartnomalari, ustama va komissiyalariga aniq talablar belgilanadi.

Kiritildi: 20:53 18.08.2026. O'qildi: 1690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik