Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Endi tez yordam xizmatlaridan tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi

Endi tez yordam xizmatlaridan tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi

Joriy yil Senatning 57-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Unda, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir bir necha qonunlarga ham o‘zgarishlar kiritildi.

Jumladan, tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar tez tibbiy yordamga va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari xizmatlariga muhtoj fuqarolarimizga ushbu yordam va xizmatlar zudlik bilan ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida katta tezlikda yoki yo‘l belgilariga rioya etmay harakatlangan taqdirda xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim edi.

Kiritildi: 21:40 21.09.2024. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!