Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Endi shikastlangan “nomer”ni onlayn almashtirish mumkin

Endi shikastlangan “nomer”ni onlayn almashtirish mumkin

O‘zbekistonda avtomobil davlat raqamini almashtirish xizmati onlayn tarzda yo‘lga qo‘yildi.

Xizmatdan foydalanish tartibi:
➖ my.gov.uz portaliga kiring;
➖ «shikast yetgan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini tiklash» xizmatini tanlang;
➖ arizani to‘ldiring va shikastlangan raqamning fotosuratni yuklang.

📩 Ariza ko‘rib chiqilgandan keyin to‘lov uchun invoys yuboriladi. To‘lov amalga oshirilgach, hududiy bo‘linmaga borib eski raqamni topshirib, yangisini olasiz.

Narxlar:
— 1 juft raqam: 1 854 000 so‘m;
— 1 dona raqam: 927 000 so‘m.

⚠️ Eslatma: raqam holati aniq ko‘ringan foto yuklash jarayonni tezlashtiradi.

Kiritildi: Bugun 08:25. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!