Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Endi Samarqand osmonida vertolyotda sayohat qilish mumkin

Endi Samarqand osmonida vertolyotda sayohat qilish mumkin

13 maydan boshlab, Samarqandga kelgan sayyohlarga “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazi va Zarafshon milliy tabiat bog‘i ustida vertolyotda sayohat qilish imkoniyati yaratildi.

Samarqand viloyati turizm boshqarmasi hamda mahalliy tadbirkor tomonidan yo‘lga qo‘yilgan mazkur xizmat qadimiy shaharda sayyohlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.

Endi Samarqand osmonida vertolyotda sayohat qilish mumkin

Endi Samarqand osmonida vertolyotda sayohat qilish mumkin

Vertolyotda bir vaqtning o‘zida besh kishi minib 15 daqiqa davomida Samarqand osmonida sayr qilishi mumkin. Bu qisqa sayohat chiptasi bir kishi uchun 1 million 600 ming so‘mni tashkil etadi.

Endi Samarqand osmonida vertolyotda sayohat qilish mumkin

Vertolyot uchib, qo‘nishi uchun “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida maxsus joy tayyorlandi.
Shuningdek, ayni paytda markaz hududida dor yo‘li qurilishi ham yakuniga yetkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!