Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Endi Rossiyadagi migrantlar rus tili va Rossiya tarixini bilishi shart

Endi Rossiyadagi migrantlar rus tili va Rossiya tarixini bilishi shart

Rossiya Federasiyasi hukumati xorijiy mehnat migrantlarining rus tili, tarixi va Rossiya qonunchiligiga doir bilimlari bo‘yicha minimal talablar darajasini tasdiqladi. Hujjat RF huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Xususan, migrantlar ijtimoiy turmush va ayrim kasbiy mavzularda erkin muloqot qila olishi kerak. Ishga qabul qilish, shifoxonadagi maslahatlashuvlar va polisiyaga murojaat qilish kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, endilikda, migrantlar ayrim hujjatlar va arizalarni to‘ldirishni ham bilishlari shart.

Rossiya tarixi bo‘yicha imtihon topshirishda xorijiy mehnat migrantlaridan muhim voqealar, yirik shaharlar nomlari hamda bosh davlat bayramlariga oid savollarga javob berishlari so‘raladi. Bundan tashqari, ular o‘zlarining asosiy huquq va erkinliklari hamda Rossiya hududida bo‘lib turgandagi majburiyatlari haqida boxabar bo‘lishlari kerak.

Bu talablar, ayrimlar istisnolar bilan Rossiyada vaqtincha yashashni rejalashtirganlarga ham tegishlidir.

Kiritildi: 03:00 04.06.2021. O'qildi: 3091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!