Xitoyda robot ishlab chiqaradigan zavod paydo bo‘ladi. Bu yerda robotlar odamlar bilan yonma-yon ishlashadi, deya xabar beradi “Reuters”.
Yangi zavodni elektr uskunasidan to sanoat robotlariga qadar turli xil uskunalar ishlab chiqaradigan shveysariyalik ABB kompaniyasi quradi.
Uning joylashuv makoni Shanxay shahri bo‘ladi, chunki Xitoy AQShdan keyin ikkinchi eng katta ABB bozoridir. 150 million dollarlik binolarni qurish rejalashtirilmoqda.
Robotlar ham Xitoy, ham boshqa Osiyo mamlakatlariga sotish uchun ishlab chiqariladi.