Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

"Endi pulini to‘lamasangiz, elektrdan mahrum bo‘lasiz": Mirzo Ulug‘bek tumanida odamlar nega to‘planganiga izoh berildi

"Endi pulini to‘lamasangiz, elektrdan mahrum bo‘lasiz": Mirzo Ulug‘bek tumanida odamlar nega to‘planganiga izoh berildi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek elektr ta’minoti korxonasida elektr energiyasi uchun to‘lov maqsadida iste’molchilar to‘plangani to‘g‘risidagi xabar tarqaldi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati vaziyatga izoh berdi:

Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat, ya’ni karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida, elektr energiyasidan qarzdor (jismoniy) iste’molchilar tarmoqdan vaqtincha ajratilmasligi haqida xabar berilgan edi.

So‘nggi kunlarda , Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, karantin choralari yumshatilganligi bois   foydalanilgan elektr energiyasidan vujudga kelgan qarzdorliklarni ortishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qarzdor iste’molchilar tarmoqdan ajratilmoqda.

Shu munosabat bilan iste’molchilardan ishlatilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi so‘raldi.

Foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tuman elektr ta’minoti korxonalariga tashrif buyurmasdan mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet va boshqalar) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib ham amalga oshirish mumkinligi eslatib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda Mirzo Ulug‘bek elektr ta’minoti korxonasidagi vaziyat iste’molchilar o‘rtasida olib borilgan tushintirish ishlari natijasida to‘liq bartaraf etilgan.

Kiritildi: 15:25 28.05.2020. O'qildi: 3312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!