O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat beriladi. Bu haqda 14 sentyabr kuni imzolangan «Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmonida belgilandi.
Hujjatga muvofiq 2021 yil 1 dekabrdan tijorat banklariga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi.
Bundan tashqari, shu davrdan boshlab quyidagilarni belgilashga doir talablar ham bekor qilinadi:
Yuqorida nazarda tutilgan holatlarda oldindan to‘lov va avans tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Farmonda, shuningdek, qarz shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun hamda qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summasini undirish bo‘yicha ijro xatlarini yozib berganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdorini ikki baravar kamaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.