Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Endi kommunal to‘lovlarni Telegram orqali to‘lashingiz mumkin

Endi kommunal to‘lovlarni Telegram orqali to‘lashingiz mumkin

Karantin davrida aksariyat fuqarolar uylarida bo‘lishlari energiya resurslariga ehtiyojni orttiradi. To‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi esa qarzdorlik ko‘payishiga olib keladi.

Shundan kelib chiqib, Majburiy ijro byurosi kommunal xizmatlar va qattiq maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun Telegram messenjerida @mibuzbot botini yaratdi.

Messenjerda @mibuzbot botini «Start» tugmasi orqali ishga tushirib, keyin mobil telefon raqamni ulash talab etiladi.

Keyin kommunal xizmat turi, viloyat, tuman (shahar)ni tanlanib, kommunal xizmat turi bo‘yicha shaxsiy hisob raqam kiritiladi.

Bot abonentning hisob-kitob ma’lumotlarini ko‘rsatgach, foydalanuvchi hisoblagich fotosuratini yuborish, to‘lovlarni kuzatib borish va qarzdorlikni to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

To‘lovni amalga oshirishda, bot orqali elektron to‘lov tizimlariga kirib, plastik kartochka raqami, uning muddati, unga bog‘langan telefon raqami va to‘lov summasi kiritilgandan so‘ng, SMS orqali kelgan himoya kodini tasdiqlash kifoya.

Shu zahoti to‘lov amalga oshirilgani ma’lum qilinadi.

Ma’lumot uchun, bunday qulayliklar Majburiy ijro byurosining rasmiy saytida ham (www.mib.uz) yaratilgan.

 

Kiritildi: 21:41 08.04.2020. O'qildi: 4235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!