Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Endi Buyuk Britaniyada xorijdan kelganlar 5 kunlik karantinda bo‘ladi

Endi Buyuk Britaniyada xorijdan kelganlar 5 kunlik karantinda bo‘ladi

Buyuk Britaniya xorijiy davlatlardan keluvchilar uchun 14 kunlik karantinni 5 kungacha qisqartirdi. 

Transport vaziri Grant Shappsga ko‘ra, 15 dekabrdan boshlab mamlakatga keluvchilar o‘zlarini 5 kun yakkalagandan so‘ng COVID-19ga test topshiradi. Agar natija manfiy bo‘lsa, ular karantindan chiqishi mumkin bo‘ladi. 

Mamlakatga tashrif buyurganlar tahlilni o‘zlari izolyasiya qilingan joyda yoki xususiy klinikalardan birida o‘z hisoblaridan topshiradi. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaga kelganlar uchun majburiy karantin talablari iyun oyidan boshlab joriy qilingan. 

Angliyada koronavirus tarqalishi tezlashgani sababli 5 noyabrdan 2 dekabrgacha yangi cheklovlar amal qilishi e’lon qilingan. 

 

Kiritildi: 18:40 25.11.2020. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!