Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Endi Belarusda terroristik harakatga urinish uchun o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin

Endi Belarusda terroristik harakatga urinish uchun o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar Prezident tomonidan imzolandi, hujjat milliy huquqiy portalda e’lon qilindi.

O‘lim jazosi endi quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:

— xalqaro asoratlar yoki urush qo‘zg‘atish maqsadida xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot vakiliga suiqasdga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun;

— yadroviy inshootlar, radioaktiv, kimyoviy yoki biologik moddalardan foydalangan holda terrorchilik xurujini tayyorlash uchun;

— hokimiyat qaroriga ta’sir o‘tkazish yoki aholini qo‘rqitish maqsadida davlat yoki jamoat arbobini o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 11:45 18.05.2022. O'qildi: 1839 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!