Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Endi 8 ta davlatdan kelganlar karantinga olinmaydi!

Endi 8 ta davlatdan kelganlar karantinga olinmaydi!

O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan kirish bo‘yicha quyidagi tartib amal qilishi belgilandi:

✔️sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan (yashil reyslar) — (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;

✔️ koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;

✔️koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reyslar — evakuasiya reyslari) — O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.

❗️Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan fuqarolarni kirishi bo‘yicha toifaga ajratilgan davlatlar ro‘yxati tasdiqlandi hamda ushbu ro‘yxat har haftada yangilab borishi belgilandi. Mazkur ro‘yxatga asosan:

🔵 yashil reyslar sifatida – Xitoy Xalq Respublikasi, Tayland, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Latviya, Yaponiya;

🟡 sariq reyslar sifatida – Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno), Ozarbayjon;

🔴 qizil reyslar sifatida boshqa barcha davlatlar belgilandi.

❗️Yuqoridagilardan tashqari jamoaviy (kollektiv) immunitet shakllanishi jarayonini monitoring qilib borish maqsadida antitanachalar (immunoferment) tahlilini o‘tkazish choralarini ko‘rish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

‼️Shu bilan birga, mutasaddi vazirlik va idoralarga ommaviy axborot vositalarida madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar mazmundagi ko‘rsatuv, eshittirish va materiallarni ko‘paytirish, shuningdek ijtimoiy masofani ta’minlagan hamda sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etgan holda teatr, kinoteatr, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan asofslantirilgan takliflar kiritish vazifalari belgilandi.

Kiritildi: 23:07 12.08.2020. O'qildi: 7372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!