Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Emomali Rahmon Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq haqqoniy ma’lumotlarni e’lon qilishga ko‘rsatma berdi

Emomali Rahmon Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq haqqoniy ma’lumotlarni e’lon qilishga ko‘rsatma berdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati va xodimlari bilan uchrashuvda mamlakat bosh vaziri, respublika shtab-kvartirasi rahbari Kohir Rasulzodaga «Tojikistondagi pandemiya haqida haqqoniy ma’lumotlarni» OAVlar orqali muntazam ravishda e’lon qilishni topshirdi. 

«Qancha odam kasallangani, qanchasi tuzalgani, qanchasi vafot etgani haqida muntazam axborot bering, yashirmang, xalq haqiqatni bilishi kerak», — deb ta’kidlagan prezident.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan press-relizda yuqoridagi gaplar yo‘q, ammo prezident chiqishining televizion versiyasida uning bu ko‘rsatmasi Kohir Rasulzodaga aytilgan.

Tojikistonda koronavirus qayd etilganlarning soni 2 350 kishiga yetgan. Vafot etganlar soni esa 44 kishi. 1008 kishi kasallikdan tuzalgan.

Ta’kidlash joizki, Tojikistonda koronavirus juda tez tarqalib, mamlakat qurbonlar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda etakchilik qilmoqda.

 

 

Kiritildi: 11:24 22.05.2020. O'qildi: 4247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!